O‘zbekistonlik shifokorlardan iborat tezkor guruh Rossiyaga uchib ketdi

© Informatsionnaya slujba Ministerstva zdravooxraneniyaVilet operativnoy meditsinskoy gruppi v Rossiyskuyu Federatsiyu dlya okazaniya meditsinskoy pomoshi uzbekistansam, postradavshim v rezultate avtokatastrofi
Vilet operativnoy meditsinskoy gruppi v Rossiyskuyu Federatsiyu dlya okazaniya meditsinskoy pomoshi uzbekistansam, postradavshim v rezultate avtokatastrofi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zaxira o‘rinlari tayyorlandi

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Baxtsiz hodisa oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tezkor tibbiy guruh Rossiya Federatsiyasiga uchib ketdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

" Davlatimiz ularga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish va yurtimizga olib kelish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida halokat oqibatida jabrlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor guruh tuzildi. Guruhga O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Bosh direktori Abduhakim Xadjibayev boshchiligidagi malakali jarroh, neyrojarroh, travmatolog, ortoped, reanimatolog-anesteziolog, nevrolog kabi mutaxassislardan tarkib topgan. Ular zarur tibbiy vositalar, dori-darmon zaxiralari bilan yetarli darajada ta’minlangan", — deyiladi vazirlik xabarida.

Avtobus i poyezd stolknulis na j/d pereyezde vo Vladimirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Vladimirdagi YTH munosabati bilan maxsus komissiya tuzishni buyurdi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zaxira o‘rinlari tayyorlandi. Qo‘shimcha dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berildi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomoni jabrlanganlarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatayotgan Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan avtohalokat oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonliklarning holati va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bo‘yicha o‘zaro ma’lumot almashib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra 6-oktabr kuni Rossiyaning Vladimir viloyati Pokrov tumanida poyezd va avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi natijasida 19 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0