14:26 24 Oktyabr 2017
Efir
Posol Uzbekistana v Rossiyskoy Federatsii Baxrom Ashrafxanov

Ashrafxonov: YTHda jarohatlangan bolalar hayoti uchun duoda boʻlamiz

Press-slujba posolstva Uzbekistana v RF
Hodisalar
Havola olish
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)
49710

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov bugun yuz bergan YTH bilan bogʻliq vaziyatni shaxsan oʻrganish uchun Vladimir viloyatiga yetib keldi

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov bugun yuz bergan YTH bilan bogʻliq vaziyatni shaxsan oʻrganish uchun Vladimir viloyatiga yetib keldi. U jabrlanganlarni vaqtinchalik joylashtirish markazi hamda kasalxonada boʻldi.

Vыlet operativnoy meditsinskoy gruppы v Rossiyskuyu Federatsiyu dlya okazaniya meditsinskoy pomoщi uzbekistantsam, postradavshim v rezultate avtokatastrofы
Informatsionnaya slujba Ministerstva zdravooxraneniya

"Jabrlanganlarga qarov yuqori darajada ekanligini aytishdi. Bundan tashqari, Moskvadan vertolyotda Sogʻliqni saqlash vazirligi, Roshal markazidan mutaxassislar, bolalar shifokorlari yetib kelishgan. Hozirda barcha zarur choralar amalga oshirilmoqda. Biz jarohatlangan bololar sogʻligʻi va hayoti uchun duoda boʻlamiz hamda rossiyalik shifokorlarning mahoratiga umid qilamiz", — dedi Ashrafxonov.

Eslatib oʻtamiz, bugun Rossiyaning Vladimir viloyatida "Sankt-Peterburg Nijniy Novgorod" yoʻnalishida harakatlanayotgan poyezd va avtobus ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻldi. Fojia oqibatida kamida 15 nafar Oʻzbekiston fuqarosi qurbon boʻlganligi aytilmoqda.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vazirligining maxsus samolyoti orqali jabrlangan va vafot etgan Oʻzbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarishni tashkil etish doirasida Hukumat komissiyasini tuzish toʻgʻrisida koʻrsatma berdi.

Bundan tashqari, baxtsiz hodisa oqibatida jarohatlangan oʻzbekistonliklarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun tezkor tibbiy guruh Rossiya Federatsiyasiga uchib ketdi.

Mavzu:
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)

Asosiy mavzular