14:26 24 Oktyabr 2017
Efir
Kadrы s mesta stolknoveniya passajirskogo avtobusa i poyezda

Oʻzbekiston hukumati Vladimirdagi fojia jabrdiydalariga yordam koʻrsatadi

© Ruptly.
Hodisalar
Havola olish
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)
441 0 0

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan yoʻl-transport hodisasiga uchragan fuqarolar shaxsini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati Vladimirdagi avtobus bilan bogʻliq YTHda halok boʻlganlar va jabr koʻrganlar oilalariga barcha zarur yordamni koʻrsatadi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborotida aytildi.

Vыlet operativnoy meditsinskoy gruppы v Rossiyskuyu Federatsiyu dlya okazaniya meditsinskoy pomoщi uzbekistantsam, postradavshim v rezultate avtokatastrofы
Informatsionnaya slujba Ministerstva zdravooxraneniya
Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 6 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida avtobus va yoʻlovchi poyezdi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, uning oqibatida 16 kishi hayotdan koʻz yumgan.

Halok boʻlganlarning 15 nafari Oʻzbekiston fuqarosi, bir nafari Qozogʻiston fuqarosi boʻlgan. Yana 5 nafar Oʻzbekiston fuqarosi turli darajadagi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hukumat komissiyasini tashkil etish boʻyicha topshiriq berdi. Uning zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida halok boʻlganlarning jasadini va jabrlanganlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish vazifasi yuklatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan yoʻl-transport hodisasiga uchragan fuqarolar shaxsini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mavzu:
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)

Asosiy mavzular