14:27 24 Oktyabr 2017
Efir
V Tsentre upravleniya v krizisnыx situatsiyax

FVV Vladimirdagi YTH boʻyicha maʼlumot beruvchi telefon raqamlarini eʼlon qildi

© Sputnik/ Anton Belitskiy
Hodisalar
Havola olish
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)
270 0 0

Vazirlik halokat boʻyicha maʼlumotlar hamda psixologik yordam olish mumkin boʻlgan telefon raqamlarini eʼlon qildi

TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Vladimir viloyatida sodir boʻlgan YTH munosabati bilan maxsus aloqa liniyasini ishga tushirdi.

"Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida sodir boʻlgan YTH oqibatida jabrlanganlarnining yaqinlari va qarindoshlari Oʻzbekiston Respublikasi FVVning telefon raqami: +998(71) 234-87-20;Oʻzbekiston Respublikasi FVVning yagona ishonch telefoni: +998(71) 147-10-50, Oʻzbekiston Respublikasi FVVning psixologik yordam koʻrsatish: +998(71) 234-15-26 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin", deyiladi FVV matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, Rossiya FVVning +7(495) 983-79-01 hamda yagona ishonch telefoni: +7(499) 216-99-99 raqamlariga ham murojaat qilish mumkinligi bildirilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 6 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida avtobus va yoʻlovchi poyezdi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Uning oqibatida 16 nafar Oʻzbekiston fuqarosi hayotdan koʻz yumdi.

Mavzu:
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)

Asosiy mavzular