14:28 24 Oktyabr 2017
Efir
Lyudi vo vremennom punket razmeщeniya v g. Pokrov Vladimirskoy oblasti

Vladimirdagi YTHda halok boʻlgan 17 shaxsdan 14 nafarining shaxsi aniqlandi

Sputnik / Anton Kurilkin
Hodisalar
Havola olish
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)
129101

Halokatda omon qolganlarni Oʻzbekistonga olib ketish uchun kelgan samolyot shaxsni aniqlash ishlari yakunlanganidan soʻng uchib ketishi aytilmoqda

TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. Vladimir viloyatida sodir boʻlgan YTHda halok boʻlganlarning doʻst va qarindoshlari 14 nafar qurbonning shaxsini aniqlab berishdi. Bu haqda Vladimirdagi "Drujba" oʻzbeklar hududiy jamoat tashkiloti raisi Ulugʻbek Boltaboyevga tayanib iz.ru xabar qildi.

"Soat tungi uchdagi maʼlumotlarga koʻra, 3 kishining shaxsi aniqlanmagan, 14 kishining shaxsi aniqlandi. Jasadlarning shaxsini aniqlash uchun Moskvadan Vladimirga bir nechta qurbonlarning qarindoshlari kelishdi, lekin jasadlar shaxsini asosan avtobusda birga boʻlgan va hozirda Pokrovdagi vaqtinchalik joylashtiruv punktidagi yoʻlovchilar aniqlab berishdi", — degan Boltaboyev.

Bugun jasadlarning shaxsini aniqlash ishlari davom ettiriladi. Halokatda omon qolganlarni Oʻzbekistonga olib ketish uchun kelgan samolyot shaxsni aniqlash ishlari yakunlanganidan soʻng uchib ketishi aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 6 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida avtobus va yoʻlovchi poyezdi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Hodisa oqibatida 17 kishi hayotdan koʻz yumdi.

Mavzu:
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)

Asosiy mavzular