14:26 24 Oktyabr 2017
Efir
Prokuratura Rossii

Vladimir fojiasidagi avtobus yoʻlovchi tashishga yaroqli boʻlmagan - prokuratura

© Sputnik/ Ruslan Krivobok
Hodisalar
Havola olish
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)
482 0 0

Rossiya prokuraturasi Vladimir fojiasida ishtirok etgan avtobu yoʻlovchi tashishga yaroqli boʻlmaganligi yuzasida jinoiy ish qoʻzgʻadi.

TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Rossiya prokuraturasi 6 oktyabr kuni Vladimir viloyatida poyezd bilan toʻqnashgan avtobus yoʻlovchi tashishga yaroqli boʻlmaganligi yuzasida jinoiy  ish qoʻzgʻadi.

“Vladimir viloyatining Pokrov bekati yaqinidagi temiryoʻl pereyezdida yoʻlovchi avtobusi va 60-sonli “Sankt-Peterburg — Nijniy Novgorod poyezdi toʻqnashuvi sodir boʻlgani aniqlandi. Toʻqnashuvga "Mersedes-Bents" markali avtobusning temiryoʻl ustida buzilib qolganligi sabab boʻlgan. Ushbu avtobus oʻzining texnik xarakteristikalariga koʻra yoʻlovchi tashishga yaroqli boʻlmagani aniqlandi”, — deyilgan Rossiya Transport  prokuraturasi xabarida.

 

Shunindek, tekshiruv natijasida avtomobil transporti yordamida, xavfsizlik qodalariga amal qilmay, noqonuniy yoʻlovchi tashish yoʻlga qoʻyilganlik holati ham aniqlangan.

Eslatib oʻtamiz, 6 oktyabr tong soat 03:39da Vladimir viloyatining Petushki tumani, Pokrov stantsiyasi yaqinida yuz bergan toʻqnashuvda 17 kishi qurbon boʻlgan edi. Ularning aksariyati Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan.

 

Mavzu:
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)

Mavzu boʻyicha

Vladimirdagi avtobus fojiasi

Asosiy mavzular