23:39 18 Dekabr 2017
Efir
Dilshod Abdullayev, svidetel

Hammasi Gabrielani deb boʻldi - Jasur Ibrohimov ishi boʻyicha guvoh Abdullayev koʻrsatmasi

© sputnik
Hodisalar
Havola olish
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (30)
321701

Oltinchi sud majlisida guvohlik bergan Dilshod Abdullayev nega Jasur bilan "orani ochiq qilgani" sababini gapirib berdi

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Mirobod tuman jinoiy ishlar sudida Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasur Ibrohimovning oʻlimi yuzasidan oltinchi sud majlisi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Bu galgi sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi sud tibbiy ekspertiza Bosh byurosi eksperti Farhod Lochinov, sudlanuvchi kursisida oʻtirgan Islom Toʻlaganovning otasi — Abdujalil Rasulov, guvohlar — Timur Toʻxtayev hamda Dilshod Abdullayevlarning koʻrsatmalari tinglandi.

Eslatib oʻtamiz, Borovskiy kolleji talabalari Jasur Ibrohimov va Islombek Toʻlaganov oʻrtasidagi urush Jasur Ibrohimov va Dilshod Abdullayev oʻrtasida boʻlib oʻtgan "suhbat"dan soʻng yuz bergan.

Ikkinchi sud majlisida soʻroq qilingan Toʻlaganov bu haqda quyidagilarni gapirib bergan: "Kollejda men oʻrtogʻim Dilshod va Jasur nima haqdadir surishishayotganini koʻrib qoldim. Ularning yoniga borib, nima gapligiga qiziqdim. Dilshod esa menga Jasur uning singlisiga SMSlar yuborganini, va bu narsa unga yoqmaganini aytdi. Men doʻstimga Jasur lat yeganini aytib, u bilan tenglashib oʻtirmaslikni va urishmaslikni maslahat berdim".

Islombekning aytishicha, aynan "lat yegan" degan gapni Dilshodga aytgani Jasurga yoqmagan va ertasi kuni shu sababli urush roʻy bergan.

Oltinchi sud majlisida guvohlik bergan Dilshod Abdullayev nega Jasur bilan "orani ochiq qilgani" sababini gapirib berdi.

Dilshodning aytishicha, oʻrtoqlaridan Jasur uning tutingan singlisi Gabrielga gap otib, tegajogʻliq qilib yurganini eshitgach, u bilan "erkakchasiga" gaplashib olishni maqsad qilgan.

Sudyaning aniqlashtiruvchi savoliga, Dilshod, Gabriel bilan yoshlikdan birga katta boʻlishganini va uni oʻz singlisidek koʻrishini maʼlum qildi.

"Darsdan chiqqanimizda, soat 3-4larda, Jasur yoʻlimdan chiqib qoldi. Men unga Gabrielga tegajogʻlik qilma, singlim boʻladi, dedim. Shu payt Islom yonimizga keldi. Uni "travmasi bor" dedi va shu bilan oʻtib ketdi", — hikoya qildi Dilshod.

Dilshod Abdullayev Islombek Toʻlaganov bu harakatni "yuzaga kelishi mumkin boʻlgan urushning oldini olish maqsadida amalga oshirdi" deya izohladi.

Shu bilan birga, u juda ogʻir oqibatlarga olib kelgan maʼlumotni (Gabriellaga tegajogʻlik qilyapti ekan degan gapni, tahr.) kim aytganini sudyaga oshkor etishni xohlamadi.

Dilshod sud davomida prokuraturada bergan koʻrsatmalarini koʻpini oʻzgartirdi, xususan,oldinroq Islombek "On bolnoy dedi", deb maʼlumot bergan boʻlsa, ayni vaqtda men bunday deb aytmaganman, Islombek "Jasurning travmasi bor", degan deb turib oldi.

Islombek Toʻlaganov ham "men Jasurni u "bolnoy" deb aytmaganman", — deya Dilshodning oldingi koʻrsatmalarni tan olmadi.

Mavzu:
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (30)

Asosiy mavzular