15:20 15 Dekabr 2017
Efir
Rossiyskiy frontovoy bombardirovщik Su-24

Suriyada Rossiyaning Su-24 ekipaji qurbon boʻldi

© Sputnik/ Dmitriy Vinogradov
Hodisalar
Havola olish
57210

Samolyot havoga koʻtarilish vaqti halokatga uchragan, uchuvchilar samolyotni tark etishga ulgurmagan.

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Rossiya havo kuchlariga tegishli Su-24 bombardimonchi samolyoti 10 oktyabr kuni Suriyaning Xmeymim aerodromida halokatga uchradi, ekipaj qurbon boʻldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda aytilishiga koʻra, samolyot Xmeymim aerodromidan havoga koʻtarilish uchun tezlikni oshirib borayotgan vaqti. Uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketgan. Ekipaj samolyotni tark etishga ulgurmagan va halok boʻlgan.

Dastlabki xabarlarga koʻra, fojeaga samolyotning texnik nosozligi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

Harbiy muassasa xabariga koʻra, ushbu halokat tufayli yerdagi obʼyektlar zarar koʻrmagan.

Eslatib oʻtamiz, oxirgi marta Rossiya harbiy samolyoti bilan bogʻliq noxush hodisa 2015 yilning noyabr oyida sodir boʻlgan edi. Oʻshanda Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyoti Rossiyaga qarashli boʻlgan Su-24 bombardimonchi samolyotini orqa tomondan raketa bilan zarba bergan edi. Parashyutda yerga tushayotgan uchuvchi Oleg Peshkovni esa, yerdan turib otib tashlashgan edi.

 

Asosiy mavzular