18:16 13 Dekabr 2017
Efir
Abdujalil Rasulov - otets Isloma Tulaganova, obvinyayemogo v dele ob ubiystve Jasura Ibragimova

Jasur Ibrohimov ishi boʻyicha Islombek Toʻlaganovning otasi koʻrsatma berdi

Sputnik
Hodisalar
Havola olish
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (30)
171123

Islom Toʻlaganovning otasi sud zalida Jasur Ibrohimovning kasalxonaga tushgani haqida eshitgan kundan boshlab, u tuzalib ketishi uchun qoʻldan kelgancha harakat qilgani va yordam berganligi toʻgʻrisida soʻzladi

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Jasur Ibrohimov ishi boʻyicha ayblanuvchi kursisida oʻtirgan Islombek Toʻlaganovning otasi — Abdujalil Rasulovning aytishicha, Jasur Islombek bilan "kelishib ketishi"ga ishongan. U bu haqda dushanba kuni boʻlib oʻtgan sud majlisida gapirib berdi, deb xabar qildi sud majlisida ishtirok etgan Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

9 oktyabr kuni Toshkent shahrida Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimovning oʻlimi yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha oltinchi sud majlisi boʻlib oʻtdi. Sud poytaxtdagi Mirobod tuman sudida ochiq tartibda oʻtkazildi va besh soatcha davom etdi.

"Jasur Islombek bilan kelishib ketishiga ishonar edi"

"2017 yil 4 may kuni soat 19.00larda oʻgʻlim Islom 14-kasalxonaga kelishimni soʻradi. Oʻgʻlim menga Jasur bilan urishib qolganini va u kasalxonaga tushganini aytdi", — dedi Abdujalil Rasulov.

Guvohning soʻzlariga koʻra, kasalxonada boʻlgan rafiqasi Jasurni koʻrib chiqqanini aytib, unga "Siz ham koʻrib chiqing" degan.

Rasulov Jasurning yoniga reanimatsiya boʻlimidagi "binafsharang xalat kiygan" sanitarkalar ruxsati bilan kirganligini maʼlum qildi.

Guvoh oʻz koʻrsatmalarida Jasur uni koʻrgani kelgan kursdoshi va otasini koʻrib, "Ayam "02"ga xabar qivoribdi. Islombek bilan kelishib ketamiz" deganini aytdi.

"Islombek ham "Jasur tuzalib ketgin" dedi va biz chiqib ketdik", — dedi Rasulov oʻzining reanimatsiya boʻlimiga nega kirganiga izoh berar ekan.

Guvoh prokuror tomonidan berilgan "Reanimatsiyaga kirish oldidan oʻzingizni "Jasurning dodasiman" deb tanishtirganmisiz?", — degan savolga rad javobini berdi.

Islombek Turkiyaga qanday maqsadda ketgan edi?

Guvoh Abdujalil Rasulov oʻz koʻrsatmalari davomida Islombek Toʻlaganov oʻqish vaqtida haqiqatda Turkiyaga borib kelganini tasdiqladi.

Prokurorning "Oʻqish yilini yakunlamasdan turib qanday qilib Turkiyaga joʻnatdingiz?" degan savoliga avvaliga "Siz menga 104-modda boʻyicha savol bering", — deya javob berishdan bosh tortgan Rasulov, sudyaning "Prokurorning savoliga javob bering" degan gapidan soʻng "Yetvolaman dedi, shunga yubordim", dedi. 

Rasulov shuningdek, oʻgʻli Islombek Toʻlaganov Turkiyaga qochib ketish uchun emas, borib kelish uchun borganligini qoʻshimcha qildi.

Islom haqida otasining fikrlari

Jabrlanuvchi tomon advokati Ismoilovaning "Oʻgʻlingiz bilan munosabatlaringiz ishonchga asoslanganmi? Unda nega Islom urush qilgan kuni sizga bu haqda maʼlum qilmadi?" degan savoliga javoban guvoh Rasulov "Munosabatlarimiz ishonchli. Shunchaki, Islom "haqiqiy chidamli bola", deya xarakteristika berdi.

"Unda nega sizga bu haqda aytmaydi yoki muammolarini sizdan yashiradimi" degan savolga esa: "Mana shunday vaqtlarda aytmaydi, chidaydi, uning hech qachon muammosi boʻlmagan" deb taʼkidladi.

Abdujalil Rasulov oʻz koʻrsatmalari davomida Jasur kasalxonaga tushgan kunidan boshlab, shu bola tuzalib ketishi uchun harakat qilganini, yelib-yugurganini, Jasurning onasiga 3 mln soʻm atrofida moliyaviy yordam berganini maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, sudlanuvchilar kursisida oʻtirgan oʻn sakkiz yashar Islombek Toʻlaganov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104 moddasi 3 bandi (qasddan badanga ogʻir tan jarohati yetkazish va bu orqali jabrlanuvchining oʻlimiga sababchi boʻlish) boʻyicha ayblanmoqda.

Sud majlisida shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi sud tibbiy ekspertiza Bosh byurosi eksperti Farhod Lochinov, guvohlar — Timur Toʻxtayev hamda Dilshod Abdullayevlarning koʻrsatmalari tinglandi.

Mavzu:
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (30)

Asosiy mavzular