14:34 23 Oktyabr 2017
Efir
Avtobus i poyezd stolknulis na j/d pereyezde vo Vladimirskoy oblasti

Vladimirdagi YTHda halok boʻlgan 16-fuqaroning shaxsi aniqlandi

MCHS RF
Hodisalar
Havola olish
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)
989 0 0

Hozirgi kunda vafot etgan fuqaroning jasadini Oʻzbekistonga olib kelish boʻyicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda

TOSHKENT, 11 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining bergan maʼlumotiga koʻra, joriy yilning 9 oktyabr kuni Vladimir viloyatidagi oʻzbek diasporasi koʻmagida, YTH oqibatida vafot etgan, avval shaxsi aniqlanmagan soʻnggi fuqaroning ham shaxsi aniqlandi, deb xabar berdi Oʻzbekiston FVV matbuot-xizmati.

Xabarga koʻra, u 1979 yil 7 mart kuni tugʻilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Usmonov Joʻrabek Jumayevich boʻlib, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sheroziy mahallasida istiqomat qilgan.

Hozirgi kunda vafot etgan fuqaroning jasadini Oʻzbekistonga olib kelish boʻyicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, YTH oqibatida jarohatlangan 6 yoshli qizcha joriy yilning 10 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi FVVning vertolyotida Moskva shahriga davolanish uchun olib kelingan boʻlib, uchish davomida uning ahvoli yomonlashmagan, qizchaga vrachlar tomonidan zaruriy yordam koʻrsatilgan.

Mavzu:
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)

Asosiy mavzular