14:50 23 Oktyabr 2017
Efir
Politsiya ustanavlivayet obstoyatelstva DTP so smertelnыm isxodom vo Vladivostoke

Oʻzbekiston TIV Vladivostokdagi avtohalokat boʻyicha maʼlumot berdi

© Press slujba UMVD Rossii po Primorskomu krayu
Hodisalar
Havola olish
125601

Oʻzbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulligi batafsil maʼlumot uchun Primorye oʻlkasining tegishli tuzilmalari bilan aloqalar oʻrnatgan va ushbu masalani nazorat ostiga olgan

TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. OAV maʼlumotlariga koʻra, 12 oktyabr kuni Vladivostok shahrida avtohalokat natijasida ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgan.

Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilindi.

TIV matbuot xizmatining bildirishicha, Oʻzbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulligi batafsil maʼlumot uchun Primorye oʻlkasining tegishli tuzilmalari bilan aloqalar oʻrnatgan va ushbu masalani nazorat ostiga olgan.

Rossiya OAVlarining xabar berishlaricha, halokat tungi vaqtda yuz bergan. Toyota corolla fielder rusumli avtomobil nomaʼlum sabablarga koʻra katta tezlikda kelib beton simyogʻochga urilgan. Oqibatda haydovchi va uning yonidagi yoʻlovchi halok boʻlishgan, orqa oʻrindiqdagi yoʻlovchi jarohatlangan.

Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga qaraganda, ular Oʻzbekiston fuqarolari boʻlishgan.

Asosiy mavzular