50 ming so‘mlikni qalbakilashtirishda gumon qilingan shaxslar ushlandi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Seriya raqamlari bir xil - AW 1617005 bo‘lgan ikki dona 50 ming so‘mlik kupura tomchi purkagich rangli printerda tayyorlangan

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan K.Hoshimjonovaning arizasida yozilishicha, 15-oktabr kuni soat 23:30 larda o‘ziga tegishli bo‘lgan "Qambarova Oysha" YaTT savdo do‘konida savdo qilayotgan vaqtida Epica rusumli 10 N 110 FA davlat raqam belgili avtomashinada to‘rt nafar noma’lum shaxs kelgan.

Ular undan 26 ming so‘mga narsalar xarid qilib, to‘lov uchun 50 ming so‘mlik kupura berib ketishgan. Ayol ular ketishganidan so‘ng kupura haqiqiy ekanligiga shubha tug‘ilib, bu haqda IIB xodimlariga xabar bergan.

Farg‘ona viloyatida qalbaki pul "ustalari" qo‘lga olindi

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida mazkur holat yuzasidan gumon qilingan U.Mirzarahmatov, F.Nosirov, A.Abdurahimov va F.Gilyazov ushlangan, deb xabar bermoqda uz24.uz.

Shuningdek, surishtiruv jarayonida U.Mirzarahmatov, F.Nosirov, A.Abdurahimov va F.Gilyazovlar Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Yallama MFY hududida joylashgan "Baliq" choyxonasida ovqatlanib, 235 ming so‘m ichiga 1 dona qalbaki 50 ming so‘mlik kupurani qo‘shib to‘lov qilganligi aniqlanib, ushbu kupura daliliy ashyo sifatida olingan.

Viloyat IIB EKBning xulosasida, taqdim qilingan seriya raqamlari bir xil — AW 1617005 bo‘lgan ikki dona 50 ming so‘mlik kupura tomchi purkagich rangli printerda tayyorlanganligi, ushbu texnologiya O‘zbekiston milliy valyutasini ishlab chiqarish texnologiyasiga mos kelmasligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan U.Mirzarahmatov va uning sheriklariga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 2-qismi "a" bandi (qalbaki pul yasash va ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0