06:54 24 Noyabr 2017
Efir
Aktsiya Russkiy marsh v Moskve

Moskva markazida politsiya 200 kishini hibsga oldi

© Sputnik/ Vladimir Vyatkin
Hodisalar
Havola olish
912 0 0

Ayni damda Qizil maydon va Manej maydoni hududlariga kirish qisman taʼqiqlangan.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Moskvadagi Manej maydonida 200 dan ortiq millatchi tashkilot aʼzolari hibsga olindi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Xabarda aytilishiga koʻra, qoʻlga olinganlarning aksariyati millatchi tashkilot vakillari boʻlib, ularni tintuv qilish vaqtida yonidan pichoq, turli travmatik qurollar, gaz ballonchalari, kastet va boshqa taʼqiqlangan buyumlar topilgan.

Politsiya ularni ruxsat berilmagan namoyish ishtirokchilari sifatida qoʻlga olgan. Ularning yonidan ushbu buyumlar topilishi – ushbu kishilar politsiyaga qarshilik koʻrsatishni rejalashtirganidan dalolat beradi, deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 3-4 noyabr kunlari Rossiya Federal xavfsizlik xizmati muxolifatchi Vyacheslav Maltsev boshchiligidagi “Artpodgotovka” yashirin tashkilotining 40ga yaqin aʼzolarini hibsga olgan edi. Sud ushbu tashkilotni “Ekstremistik” — deb tan olgan.

Ular 5 noyabr kuni Moskva, Sankt-peterburg, Krasnoyarsk va yana bir necha shaharlarda hukumatga qarshi diversiya uyushtirmoqchi boʻlgan. Xususan, ular bir necha maʼmuriy binolarga “Molotov kokteyli”  yordamida oʻt qoʻyishni va politsiya xodimlariga hujum qilishni rejalashtirgan.

FXX oʻtkazgan tezkor operatsiya "Artpodgotovka" rejalarini buzib yuborgan. Maltsevning oʻzi chet elga qochib qolishga ulgurgan, boshqalar esa — oʻz uyida yoki yoʻl-yoʻlakay hibsga olingan. Ushbu voqeaga mutaxassislar “FXX kichik revolyutsiyani oldini oldi” — deb baho berishmoqda.

Asosiy mavzular