Moskvada Katta teatr, GUM va “Metropol” evakuatsiya qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishV Moskve evakuirovali Bolshoy teatr
V Moskve evakuirovali Bolshoy teatr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bomba o‘rnatilgani haqidagi anonim telefon qo‘ng‘irog‘i tufayli Moskvada bir necha teatr, kinoteatr va savdo markazlari evakuatsiya qilindi.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Bugun yakshanba kuni Moskvadagi Katta teatrda 700 kishi evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Undan tashqari Bexoven zalidagi konsert, GUM savdo markazi, va Metropol mehmonxonasidan 4 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi.

Undan tashqari bugun kun davomida olingan qo‘ng‘iroqlardan keyin “Fakel” kinoteatri, “Dubrovka”, “Gagarinskiy”, “Taganskiy passaj”, “Arkadiya”,  “Gudzon” va “Atrium”  savdo markazlaridan 15 mingdan ortiq kishilar evakuatsiya qilindi.

Rossiyada telefon terrorchiligi 11-sentabrda boshlangan edi. Shundan buyon mamlakatning turli burchaklarida amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlardan keyin 1,4 mln kishi evakuatsiya qilidi. Tahdidlardan birortasi ham tasdiqlanmadi.

 

Yangiliklar lentasi
0