06:55 24 Noyabr 2017
Efir
Sotrudniki politsii vo vremya aktsii protesta

Texasda sobiq askar cherkovga kelgan 27 kishini otib tashladi

© Sputnik/ Djeremi Xogan
Hodisalar
Havola olish
455 0 0

Texasda 26 yoshli sobiq askar Devin Kelli cherkov ichida avtomatdan odamlarni oʻqqa tutdi 27 kishi qurbon boʻldi 24 kishi yaralandi.

TOSHKENT, 6 noya — Sputnik. AQShning Texas shtati Sazerlend-Springz shahrida yakshanba ibodati uchun cherkovga kelgan odamlar avtomatdan oʻqqa tutildi, deb xabar  qilmoqda Amerika OAVlari.

Fojea oqibatida 27 kishi qurbon boʻldi, 24 kishi yaralandi, ulardan 8 kishi ogʻir ahvolda.

Jinoyatchi politsiya bilan boʻlgan otishmada u yoʻq qilingan. 

ABS telekanali xabariga koʻra, ushbu jinoyatni sodir etgan odam Texasning Nyu Braunfels shahridan boʻlgan 26 yoshli Devin Kelli (Devin Kelley) ismli sobiq askar ekan. U AQSH Harbiy-havo kuchlarida xizmat qilgan va 2014 yilda, sodir etgan qoidabuzarliklari uchun tribunalga tortilib isteʼfoga chiqarilgan ekan. 

Ayni damda Yaponiyada safarda boʻlgan Donald Tramp Texasda jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi va vaziyatni kuzatib borayotganini xabar qildi.

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama, ushbu voqeadan soʻng, yana bir bor Amerikada qurol olib yurishni taʼqiqlash kerakligini taʼkidladi. Eslatib oʻtamiz, Obama prezidentlik davrida AQShda qurol olib yurishni taʼqiqlovchi qonun qabul  qilmoqchi boʻlgan edi, lekin uning tashabbusi Kongressda qoʻllab-quvvatlanmagan edi.

Asosiy mavzular