Toshkentda firibgar xorijlik olibsotarlar qo‘lga olindi

© fotoliaRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Firibgarlar "Abu Saxiy" bozoridan idish-tovoq to‘plamlarini sotib olib, keyinchalik go‘yoki mazkur buyumlar Germaniya va Fransiyada ishlab chiqarilgan deb xaridorlarni aldash orqali qimmat narxlarga sotib kelayotganliklari ma’lum bo‘ldi

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Toshkent shahar IIBB bozordan har xil turdagi buyumlarni arzon narxlarda xarid qilib, fuqarolarga aldov yo‘li bilan qimmat narxlarda sotish ishlari bilan shug‘ullangan 2 nafar Moldova Respublikasi fuqarolarini qo‘lga oldi. Toshkent shahar IIBB xabariga asosan.

Gazovie balloni - Sputnik O‘zbekiston
MXX aholi uchun mo‘ljallangan gazni talon-taroj qilish holatini aniqladi

Xabarda aytilishcha, Toshkent shahar IIBBga bir necha nafar chet el fuqarolari Toshkent shahridagi bozorlardan har xil turdagi buyumlarni arzon narxlarda xarid qilib, ularni Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududlarida fuqarolarga aldov yo‘li bilan qimmat narxlarda sotib kelayotganliklari haqida xabar kelib tushgan.

2017 yil 5-noyabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari maxsus tezkor tadbir natijasida ikki nafar sigan millatiga mansub bo‘lgan, Moldova Respublikasi fuqarolari 1991-yilda tug‘ilgan Pleshko Aleksandr hamda 1987-yilda tug‘ilgan Chebotar Aleksandrlar qo‘lga olindi.

Ushbu xorijiy fuqarolar Toshkent viloyatida joylashgan mehmonxonada vaqtincha yashab, Chilonzor tumanidagi "Abu Saxiy" bozoridan oshxona anjomlari, idish-tovoq to‘plamlari va boshqa buyumlarni arzon narxlarda sotib olib, ularni Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarning atrofida, bozorlarda hamda supermarketlarda go‘yoki mazkur buyumlar Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilganligini bildirib, xaridorlarni aldash orqali qimmat narxlarga sotib kelayotganliklari ma’lum bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0