20:06 23 Noyabr 2017
Efir
Ubiystvo nojom

Samarqandda "Abdulla dollarchi" nomaʼlum shaxslar tomonidan soʻyib ketildi

© Sputnik/
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (15)
1641 0 0

Erkakning bir nechta doʻkoni boʻlgan va u chet el valyutasi oldi-sotdisi bilan shugʻullangan

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida nomaʼlum shaxslar tomonidan shu tumanda yashovchi eng yirik valyutafurushlardan biri, xalq orasida "Abdulla dollarchi" deya nom qozongan — Abdulla Orifjonovga hujum uyushtirildi.

Orifjonovdan xorijiy valyutada yirik summani tortib olgach, nomaʼlum shaxslar dollarfurushni olma bogʻiga tashlab  ketishgan. Bu haqda "Ozodlik radiosi"ga tayangan holda "Podrobno" nashri xabar berdi.

Erkak tumandagi kasalxonalarning biriga yotqizilgan. Uning sogʻligʻi holati nomaʼlumligicha qolmoqda.

"Nomaʼlum shaxslar Abdulla dollarchiga pichoq bilan hujum qilib, uning pullarini tortib olishgan. Bir necha ming dollarini oʻgʻirlashgan, oʻzini esa olma bogʻiga tashlab ketishgan. Ayni vaqtda tergov ishlari olib borilmoqda. Orifjonovga pichoq bilan hujum qilgan shaxslar qidiruvda", — deb xabar qilgan huquqni muhofaza qilish xodimlaridan biri.

Maʼlumotlarga koʻra, Abdulla Orifjonov Pastdargʻom tumanidagi eng boy odamlardan biri boʻlgan.

Erkak bir nechta doʻkonga ega boʻlgan, shuningdek, u chet el valyutasi oldi-sotdisi bilan ham shugʻullangan.

Qishloqdoshlarining soʻzlariga koʻra, aynan shu sababli mahalliy aholi Orifjonovga "Abdulla dollarchi" deya laqab qoʻygan.

"U faqat yirik summadagi valyutalarni almashtirgan. Aytishlaricha, nomaʼlum shaxslar unga pul tufayli hujum qilishgan. Abdulla oʻzi bilan hamisha 5-10 ming dollar olib yurgan", — deb aytgan Pastdargʻom tumanida yashovchi fuqarolardan biri.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (15)

Asosiy mavzular