20:06 23 Noyabr 2017
Efir
Uzbekskaya valyuta - sum

Qora bozor taslim boʻlmayapti: valyutafurushlarga qarshi kurash davom etmoqda

Sputnik
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (15)
138931

Oʻzbekistonda 5 sentyabrdan boshlab erkin konvertatsiya joriy etilgandi. Aholi valyutani rasmiy kurs boʻyicha banklarda almashtirish imkoniyatiga ega boʻldi.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. MXX tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan maxsus tezkor operatsiyalar natijada bir nechta valyutafurushlar qoʻlga olindi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Jumladan, MXX tezkor xodimlari va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida Fargʻona viloyati Buvaydin tumanida istiqomat qiluvchi 31 yoshli Asilbek Gʻofforov 5,9 ming dollarni 48,8 million soʻmga sotayotganda qoʻlga olindi.

"Bundan tashqari, Jizzaxda 37 yoshli Ikrom Xoliqov 2,2 ming dollarni 17,6 million soʻmga sotib olayotganda qoʻlga olindi. Shaxsiy koʻzdan kechirish davomida uning yonida 28,9 million soʻm borligi aniqlandi. Dastlabki tergov tadbirlari natijasida Xoliqov Jizzax shahar sudi tomonidan valyuta qimmatliklarini noqonuniy xarid qilish va sotish huquqbuzarligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilganligi maʼlum boʻldi", — deb taʼkidladi MXX vakili.

Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan qoʻlga olingan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksning 177 — moddasi (valyuta qiymatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻatildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 5 sentyabrdan boshlab erkin konvertatsiya joriy etilgandi. Jismoniy shaxslar tijorat banklarida xorijiy valyutani bank kartasiga oʻtkazish yoʻli bilan, cheklanmagan miqdorda, sotib olish yoki sotishlariga ruxsat berilgandi. Jismoniy shaxslar tomonidan konvertatsiya ochilgandan buyon banklar orqali yarim milliard dollardan ortiq mablagʻ almashtirildi.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (15)

Asosiy mavzular