20:06 23 Noyabr 2017
Efir
Uzbekskiy pogranichnik na postu

Oʻzbek chegarachilari 900 million soʻmlik kontrabanda mobil telefonlarini qoʻlga olishdi

© IA "Jaxon"
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (15)
645 0 0

Oʻzbekistonda kontrabanda holatlarini oldini olish maqsadida yaqin vaqtlarda mobil qurilmaning IMEI-kodini (International Mobile Equipment Identity) majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Oʻzbekiston chegarachilari yirik miqdorda uyali aloqa telefonlarni respublikaga noqonuniy olib kirish holatiga chek qoʻyishdi. Jinoyatchilar uyali aloqa telefonlarini Tojikistondan noqonuniy ravishda olib kirishga harakat qilishgan. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

"Toshkent viloyati Bekobod shahrining Tsementchi mahallasi hududida Tojikiston hududidan olib kirilgan yirik miqdordagi uyali aloqa telefonlari aniqlandi. Ularning qiymati 878 million soʻm deb baholandi", — deya taʼkidladi Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi vakili.

Chegarachilar tomonidan uyali aloqa telefonlarining noqonuniy ravishda olib kirish holati birinchi marta aniqlanmayapti. Kontrabanda holatlarining oldini olish maqsadida yaqin vaqtlarda uyali aloqa qurilmalarni IMEI-kodi (International Mobile Equipment Identity) majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

IMEI-kodlari roʻyxatga olinmagan uyali aloqa telefonlari egalariga aloqa xizmati koʻrsatilmaydi. Kodlarni roʻyxatga olish va import qilinadigan uyali aloqa telefonlari uchun toʻlov undirish rejalashtirilmoqda. Toʻlov miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Bundan tashqari, uyali aloqa telefonlarining uchinchi shaxslarga uyali aloqa telefonlarini berib yuborish yoki sotish maqsadida IMEI-kodlarini qaytarish, oʻzgartirish va yangi kodlarni oʻrnatish — savdo va xizmat koʻrsatish qoidalarini buzilishi deb baholanishi mumkin. Aybdor shaxslarga jinoiy javobgarlikkacha choralar koʻrilishi va davlatga yetkazilgan ziyonni toʻliq miqdorda undirilishi mumkin.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, yangi tizimning joriy etilishi natijasida uyali aloqa qurilmalarni noqonuniy olib kirilishi va qalbaki uskunalardan foydalanish holatlari oldi olinadi. Byudjetga bojxona toʻlovlari tushumi koʻpayadi. Shuningdek, telefon oʻgʻrilik holatlarni tezkorlik bilan aniqlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, mahsulot sifati va mahalliylashtirish dasturi qoʻllab-quvvatlash imkoniyatini beradi.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (15)

Asosiy mavzular