20:06 23 Noyabr 2017
Efir
Uzbekskaya valyuta - sum

Toshkent viloyatida yirik valyutafurush-retsidivist qoʻlga olindi

Sputnik
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (15)
190230

Bundan oldin R.Axmedov qonunga xilof ravishda valyuta ayirboshlash huquqbuzarligi uchun maʼmuriy javobgarlik tortilgandi. Endi unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. MXX xodimlari respublika hududida faoliyat koʻrsatuvchi valyutafurushlarni aniqlash boʻyicha bir nechta maxsus tezkor operatsiyalarni oʻtkazishdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

"Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida 50 yoshli Ravshan Axmedov 6,5 ming dollarni 52,9 million soʻmga sotayotganda qoʻlga olindi. Shaxsiy koʻzdan kechirish davomida uning yonida ashyoviy dalil sifatida 3,2 million soʻm borligi aniqlandi", — deya taʼkidladi MXX vakili.

Dastlabki tergov tadbirlari natijasida R.Axmedov valyuta qimmatliklarini noqonuniy xarid qilish va sotish huquqbuzarligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilganligi maʼlum boʻldi. Lekin u oʻziga tegishli xulosa chiqarmadi. Endi sud tomonidan unga nisbatan qattiqroq jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin.

Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani "Tamaddum" mahallasida Shaydullo Abduraxmonov va Sherzod Eshmurodov mijozdan 4 ming dollarni 32,1 million soʻmga sotib olayotganda qoʻlga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan qoʻlga olingan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksning 177 — moddasi (valyuta qiymatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻatildi.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (15)

Asosiy mavzular