16:53 21 Noyabr 2017
Efir
zemletryaseniye

Eron-Iroq chegarasida kuchli zilzila roʻy berdi, 141 nafar eronliklar halok boʻlishdi

© Sputnik/ Nataliya Shmakova
Hodisalar
Havola olish
269 0 0

Zilzila 12 noyabr kuni Eron-Iroq chegarasida qayd etilgan. Yevropa-Oʻrta Yer dengizi seysmologik markazi maʼlumotlariga koʻra, zilzila magnitudasi 7,2ni tashkil etgan

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Eronda roʻy bergan kuchli zilzila oqibatida halok boʻlgan insonlar soni 141 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Ilgariroq 129 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.

Zilzila 12 noyabr kuni Eron-Iroq chegarasida qayd etilgan. Yevropa-Oʻrta Yer dengizi seysmologik markazi maʼlumotlariga koʻra, zilzila magnitudasi 7,2ga teng boʻlgan.

Iroqda zilzila qurbonlari soni 6 kishiga yetgan, ilgariroq 4 kishi haqida maʼlumot berilgan edi.

Zilziladan keyin 12 ta aftershok boʻlgani qayd qilingan. Zilzila oʻchogʻi Iroqning Sulaymoniya shahridan 103 km uzoqlida joylashgan boʻlgan.

Qizil yarimoy jamiyati 70 mingga yaqin eronliklar boshpanasiz qolgani, ularga vaqtinchalik turar joylar kerakligi haqida xabar qilmoqda. Eron hukumati jabrlanganlarga barcha zarur yordam choralarini koʻrsatishga kirishgan. Xususan, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat Ichki ishlar vazirligiga mamlakatning gʻarbiy hududlarida zilziladan jabr koʻrgan aholining barcha ehtiyojlarini tezroq qondirish boʻyicha topshiriq bergan.

Fojia hududida qutqaruv-qidiruv operatsiyasi olib borilmoqda. Fojiadan jabr koʻrgan hududlarda dala gospitallari yoʻlga qoʻyilgan, odamlar oziq-ovqat, issiq kiyim, yoqilgʻi bilan taʼminlanmoqdalar.

Asosiy mavzular