06:56 24 Noyabr 2017
Efir
Zemletryaseniye v Irane

Mirziyoyev Hasan Ruhoniyga taʼziya bildirdi

POURIA PAKIZEH / ISNA / AFP
Hodisalar
Havola olish
300 0 0

Eron-Iroq chegarasida yuz bergan zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 2,5 ming nafarga yetdi

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga hamdardlik bildirdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

"Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning Karmonshoh va Ilom viloyatlarida kuchli zilzila natijasida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va jarohat olgani munosabati bilan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga hamdardlik bildirdi", — deyiladi xabarda.

Eron-Iroq bilan chegarasida roʻy bergan zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 2,5 ming nafarga yetdi. Kamida 210 kishi halok boʻldi. Bu haqda Tez yordam rahbari Pir Husayn Kulivand mahalliy telekanallarga xabar qilgan.

Eslatib oʻtamiz, 12 noyabr, yakshanba kuni kechqurun kuni Eron-Iroq chegarasida 7,2 ballli zilzila yuz berdi. Zilzila oʻchogʻi 10 km chuqurlikda joylashganligi xabar qilinmoqda.

Qizil yarimoy jamiyati xabariga koʻra, 70 mingga yaqin kishi boshpanasiz qolgan. Ular uchun ayni vaqtda palatkalar qoʻyilmoqda. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy barcha jabrlanganlarga zudlik bilan kerakli yorlamni koʻrsatish boʻyicha buyruq bergan. Eron IIV rahbari esa falokat oqibatida vujudga kelgan masalalarga yechim topish boʻyicha favqulodda kengash chaqirgan.

Asosiy mavzular