16:48 21 Noyabr 2017
Efir
DTP v Leylekskom rayone na 24-m kilometre trassы Isfana — Osh

Qirgʻizistonda oʻzbekistonliklar avtohalokatga uchradi

Foto / press-slujba GUPM MVD KR
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (14)
1254 0 0

Qirgʻizistonda yuz bergan YTH oqibatida 3 kishi halok boʻldi, 8 kishi jarohatlandi

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Qirgʻiziston Batkent viloyatida sodir boʻlgan avtomashinalar toʻqnashuvi natijasida 3 nafar kishi halok boʻldi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston IIV matbuot xizmati xabariga asosan.

Ushbu avtohalokat bugun ertalab Leyleks tumani 24 km Isfara — Oʻsh trassa yoʻlida sodir boʻldi.

Honda Stepwgn va VAZ-2107 rusumli avtomashinalar yuzma-yuz toʻqnashdilar.

Matbuot xizmati xabariga koʻra, Honda Stepwgn mashinasida boʻlgan 28 yoshli haydovchi, 69 yoshli yoʻlovchi hamda "Jiguli" mashinasida boʻlgan 30 yoshli haydovchi — Batkent IIB xodimi voqea joyida halok boʻldi.

"Militsiya xodimi toʻgʻrisida maʼlumotlarga aniqlik kiritilmoqda. Maʼlum boʻlishicha, uning oilasida 3 nafar farzand boʻlgan. Toʻqnashuvda 8 nafar kishi jabrlangan, ular ichida oʻzbekistonliklar ham bor. Hozircha qaysi avtomashina qarama-qarshi yoʻlga chiqqanligi nomaʼlum. Toʻqnashuv boʻyicha barcha ekspertizalar tayinlangan", — deyilgan matbuot xizmati xabarida.

YTH holati yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (14)

Asosiy mavzular