16:56 21 Noyabr 2017
Efir
Vladimir Baramыkov

Toshkentda "Sado" guruhi asoschisi Vladimir Baramыkov vafot etdi

© Novosti Uzbekistana
Hodisalar
Havola olish
45201

Baramыkov 150dan ortiq badiiy va hujjatli filmlarga qoʻshiq va musiqalar yozgan

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. "Sado" guruhi asoschisi Vladimir Baramыkov vafot etdi. Bu haqda uning hamkasbi, rejissyor Aliskar Fatxullin xabar qildi.

" Vladimir Valentinovich Baramыkov vafot etdi", — deb yozdi u oʻzining Facebookdagi sahifasida.

Mahalliy OAVning maʼlum qilishicha, Baramыkov uzoq davom etgan kasallikdan soʻng vafot etgan.

"Tangrim, biz uning tuzalib ketishiga umid qilgandik. Volodyaning oʻzi ham bunga ishonardi. Afsus, yaqinlari va qarindoshlariga taʼziya bildiraman", — deb yozadi "Oʻzteleradio" rejissyori Mastura Ishaqova.

Ishaqova bastakor Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilishini maʼlum qilgan.

Vladimir Baramыkov 1949 yil 3 mayda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1978 yilda "Sado" ansambliga asos solgan. Kumush Razzoqova, Aziza Muhamedova va Mila Romanidilardan iborat trio 1981 yilda Yaltadagi konkursda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.

Ansambl oʻnlab mamlakatlarda gastrolda boʻlgan.

Baramыkov 150dan ortiq badiiy va hujjatli filmlarga qoʻshiq va musiqalar yozgan.

Asosiy mavzular