16:45 21 Noyabr 2017
Efir
Terakt, gvozdiki

"Oʻzbekkino" milliy agentligi Baramikov oilasiga hamdardlik bildirdi

Sputnik
Hodisalar
Havola olish
150 0 0

Mohir musiqachi, bastakor kuni kecha ertalab tong sahar 6da uzoq vaqt davom etgan kasallikdan soʻng vafot etdi

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. 14 noyabr kuni Oʻzbekiston kino arboblar ijodiy uyushmasi aʼzosi, taniqli kompozitor, ovoz rejissyori Vladimir Valentinovich Baramikov uzoq vaqt xastalikdan soʻng 68 yoshda hayotdan koʻz yumdi.

"Oʻzbekkino" Milliy agentligi va Kino arboblar uyushmasi Vladimir Baramikovning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirmoqda.

Bu haqda agentlikning rasmiy saytida keltirilgan.

Mohir musiqachi, kompozitor, ovoz rejissyori, prodyuser Vladimir Valentinovich Baramikov 1949 yil 3 mayda Toshkent shahrida tugʻilgan. "SADO" va "NAVO" ansambllari asoschisi. Vladimir Baramikov 150 dan ziyod hujjatli va badiiy filmlar uchun yozilgan original musiqa va qoʻshiqlar muallifi.

Asosiy mavzular