Qidiruvdagi uchinchi retsidivist ham qo‘lga tushdi: u IIB xodimiga pichoq bilan hamla qildi

© Sputnik / Vladimir PesnyaSotrudnik pravooxranitelnix organov
Sotrudnik pravooxranitelnix organov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Toshkent shahridagi ruhiy kasalliklar klinikasidan uch nafar shaxs qochgani haqida xabar berilgan edi. Qochoqlarning ikki nafari kechaning o‘zidayoq qo‘lga olingan, uchinchisi ustidan qidiruv e’lon qilingan edi

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochgan uchinchi shaxs qo‘lga olindi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.

Zaderjanie podozrevayemix v podgotovke teraktov v Moskve i Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Ruhiy xastaliklar klinikasidan qochganlarning ikki nafari qo‘lga olindi
"2017 yilning 21-noyabr kuni soat taxminan 15:00larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Chilonzor tumanida joylashgan "Abu Saxiy" bozori hududida, 2017-yilning 20-noyabr kuni Olmazor tumanida joylashgan ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochgan uchinchi shaxs Omonov Sherqul Safarovich qo‘lga olindi", — deyiladi xabarda.

Ushlash jarayonida, u yonida bo‘lgan pichoq bilan ichki ishlar organlari xodimiga qurolli faol qarshilik ko‘rsatib, yon atrofdagilarga nisbatan jiddiy xavf tug‘dirgan. Biroq, IIO xodimi tan jarohati olgan bo‘lishiga qaramay, yuqori professional tayyorgarligi va jasorati tufayli Sh.S.Omonovni qurolsizlantirib, qo‘lga olgan.

© GUVD g. TashkentaSbejavshey iz psixiatricheskoy bolnisi Omonov Sh.S
Sbejavshey iz psixiatricheskoy bolnisi Omonov Sh.S - Sputnik O‘zbekiston
Sbejavshey iz psixiatricheskoy bolnisi Omonov Sh.S

Yangiliklar lentasi
0