04:56 18 Yanvar 2018
Efir
Sotrudnik pravooxranitelnыx organov snimayet naruchniki

Moldovalik firibgarlar Oʻzbekistondan chiqarib yuborildi

© Sputnik/ Aleksey Vovk
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (30)
51710

Moldova fuqarolari Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududida joylashgan mehmonxonalarda oʻtkazilgan reydlar davomida aniqlanib, ularga nisbatan Olmazor tuman sudi ularni respublika hududida chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi

TOSHKENT, 22 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzganligi uchun 11 nafar Moldova va 1 nafar Ukraina fuqarolari sud qaroriga koʻra respublikadan chiqarib yuborildi.

Xabarda aytilishicha, ushbu fuqarolar Toshkent shahar va Toshkent viloyatida mehmonxonalarda oʻtkazilgan reydlar davomida aniqlangan.

Eslatib oʻtamiz, mazkur xorijliklar Toshkent shahrida joylashgan mehmonxonada vaqtincha yashab, Chilonzor tumanidagi "Abu Saxiy" bozoridan oshxona anjomlari, idish-tovoq komplektlari va shu kabi boshqa buyumlarni arzon narxlarda sotib olib, ularni Toshkent shahridagi koʻp qavatli uylarning atrofida, bozorlarda hamda supermarketlarda goʻyoki mazkur buyumlar Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilganligini bildirib, xaridorlarni aldash orqali qimmat narxlarga sotib kelayotganliklari maʼlum boʻlgan.

"Toshkent shahar Olmazor tumani maʼmuriy ishlar boʻyicha sudi ushbu xorijiy fuqarolar Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzganligi uchun ularni respublika hududidan chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qildi", — deydi RIA Novosti.

Toshkent shahar IIBB maʼlumotlariga koʻra, ushbu xorijiy fuqarolarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik kodeksining tegishli bandida qayd etilgan huquqbuzarlik boʻyicha bayonnomalar tuzilgan. Respublikadan chiqarib yuborish bilan birga, ushbu modda 50 baravardan 100 baravargacha (1,07 mingdan 2,14 ming dollargacha) maʼmuriy jarima qoʻllanishi koʻzda tutilgan.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (30)

Asosiy mavzular