Toshkentda "ZIL" katta tezlikda 7 ta mashina va avtobusni urib ketdi

Obuna bo‘lish
Avtohalokat Chilonzor tumanida Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markaziga yaqin joyda sodir bo‘lgan

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Toshkentda 23-noyabr kuni "ZiL" rusumli yuk mashinasi yuqori tezlikda boshqa polosaga o‘tib, 7 ta avtomobil va yo‘lovchilar bo‘lgan avtobusga urib ketdi. Bu haqda voqeaga guvoh bo‘lganlar Facebookda ma’lum qilishdi.

"ZIL yuk mashinasi tormozsiz 60 km/s tezlikda qarama-qarshi yo‘lga chiqib keldi. Buning oqibatida 6-7 mashina zarar ko‘rdi. Oreintir — Chilonzor, jarrohlik markazi", — deb yozgan Vladimir Buzmakov "Voditeli Tashkenta" guruhida.

Avtohalokat Chilonzor tumanida Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markaziga yaqin joyda sodir bo‘lgan.

YTH natijasida odamlar jabrlanmagan. Avtohalokat natijasida 7 ta avtomobil shuningdek, "Isuzu" rusumli yo‘lovchi avtobusi zarar ko‘rgan.

Yangiliklar lentasi
0