Namangandagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi va oltita bino zararlandi

© Press-slujba MVD RUzV Namangane proizoshel pojar
V Namangane proizoshel pojar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘inni bartaraf etishga 19 ta yong‘inni o‘chirish texnikalari jalb etilgan.

TOShKENT, 24 noya – Sputnik. 23-noyabr kuni Namangan shahrining "Yangi asr" mahalla fuqarolar yig‘ini, Marg‘ilon ko‘chasi 218-uyda joylashgan "NEAT SOURCE INDUSTRY" xususiy korxonasiga qarashli ko‘piklangan polietilen ishlab chiqarish sexida yuz bergan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Pal suxoy travi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bir kunda 11ta yong‘in bartaraf qilindi

Xabarda aytilishicha, yong‘in xavfsizligi xizmatining birinchi bo‘linmalari voqea joyiga yetib borganda, ushbu sexning 350 kv.m. maydonda tomi, ichki qismi, jihozlari yonayotganligi va yong‘in atrofdagi sexlarning tom qismlariga, ya’ni "Pantera sanoat servis" xususiy korxonasiga qarashli poyabzal ishlab chiqarish sexining 140 kv.m., "Asror tekstil" mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli kiyim-kechak ishlab chiqarish sexining 100 kv.m., yakka tartibdagi tadbirkor M.Masixanovga qarashli tayyor oyna mahsulotiga ishlov berish sexning 300 kv.m., xususiy tadbirkor A.Abbosiddinovga qarashli terini qayta ishlash sexining 200 kv.m. hamda "Asil sharof go‘sht mahsulotlari" mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli muzlatgich binosining 1000 kv.m. maydoniga tarqalib ketganligi ma’lum bo‘lgan.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida "NEAT SOURCE INDUSTRY" xususiy korxonasi ishchisining jasadi topilgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 19 ta yong‘inni o‘chirish texnikalari jalb etilgan.

Yong‘inga ko‘piklangan polietilen ishlab chiqarish texnologiyasida suyultirilgan gaz ballonlaridan xavfsiz foydalanish qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0