04:52 18 Yanvar 2018
Efir
Gazovaya konforka

Fargʻonada korxonalardan birida gaz aralashmasining chaqnashi sodir boʻldi

© Flickr/ rhodesj
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (30)
378 0 0

Gaz chaqnashi oqibatida 4 kishi jabrlangan, ulardan 3 nafari maktab oʻquvchilari boʻlgan

TOSHKENT, 27 noya — Sputnik. Bugun soat 8-40 larda "Rishton bosmaxonasi" MCHJ binosida gaz jihozidan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir boʻldi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Buning natijasida 1 kishi jabrlangan. U oʻrta darajada (15%) tana yuzasi kuyish jarohatini olgan. Bundan tashqari, chaqash toʻlqini zarbasi natijasida ushbu bino yaqinida joylashgan umumtaʼlim maktabning 3 nafar oʻquvchilari yengil tan jarohati olishgan.

Jarohatlangan fuqaro tuman shifoxonasiga olib borilgan. Birinchi yordam koʻrsatilgandan soʻng, 3 nafar oʻquvchi uyiga joʻnatilgan.

Ushbu holat yuzasidan Rishton tumani prokuraturasi, IIB, yongʻin xavfsizligi xodimlari tergov harakatlarini olib borilmoqda.

Oʻzbekiston FVV fuqarolardan gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilish soʻralmoqda.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (30)

Asosiy mavzular