04:54 18 Yanvar 2018
Efir
Mashina skoroy pomoщi

Toshkentda piyodani urib, hodisa joyidan qochib ketgan haydovchi qoʻlga olindi

Sputnik / Stringer
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (30)
570 0 0

"Matiz" rusumli avtomashina haydovchisi jabrlangan piyodaga yordam koʻrsatmasdan va bu haqda ichki ishlar organlariga habar bermasdan hodisa joyidan ketib qolgan

TOSHKENT, 28 noya — Sputnik. 2017 yil 24 noyabr kuni Yunusobod tumanidagi TXAY koʻchasida joylashgan "Turon" choyxonasi qarshisida "Matiz" rusumli avtomashinasida piyoda urib yuborildi. Toshkent IIBB matbuot xizmati xabariga asosan.

Xabarda aytilishicha, 2017 yil 24 noyabr kuni soat 22:50 larda, Yunusobod tumanidagi TXAY koʻchasida joylashgan "Turon" choyxonasi qarshisida, haydovchi — 1983 yilda tugʻilgan erkak kishi, "Matiz" rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan.
Shundan soʻng, ushbu yoʻnalishda uning ketidan harakatlanib kelayotgan haydovchi — 1995 yilda tugʻilgan erkak kishi, "Spark" rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoʻlda yotgan piyodani bosib oʻtgan.

Mazkur yoʻl transport hodisasi natijasida piyoda — 1987 yilda tugʻilgan erkak kishi olgan tan jarohatlari oqibatida YTH joyida vafot etgan.

"Matiz" rusumli avtomashina haydovchisi jabrlangan piyodaga yordam koʻrsatmasdan va bu haqda ichki ishlar organlariga habar bermasdan hodisa joyidan ketib qolgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan "Tozalash-antiterror" tadbiri davomida, 2017 yilning 25 noyabr kuni soat 11:00 da, hodisa joyidan ketib qolgan haydovchi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB tomonidan Oʻzbekiston JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam oʻlishiga sabab boʻlsa) alomatlari bilan jinoyat ish qoʻzgʻatilgan.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (30)

Asosiy mavzular