04:53 18 Yanvar 2018
Efir
Avtomobil GAI

Toshkentda "koʻrinmas" raqamli avtomobil ushlandi

Sputnik
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (30)
232110

Avtomobil egasi mashina oldidagi davlat raqamiga maxsus plyonka yopishtirgan ekan: nazorat kuzatuv kamerasi bu davlat raqamini suratga olganda, raqam oʻrniga oq tusdagi belgilarni qayd etganligi maʼlum boʻldi

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Toshkent yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari chorrahalarda oʻrnatilgan YHQ qayd etish kameralariga koʻrinmagan "Matiz" rusumli avtomobilni qoʻlga olishdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

"27 noyabr kuni taxminan soat 20-00larda Toshkent shahar IIB YHX xodimlari Yashnaobod tumanida joylashgan "Choʻlpon" blok postida oʻtkazilgan tekshiruv davomida "Matiz" rusumli avtomobilni toʻxtatishdi. Ushbu avtomobil 1963 yilda tugʻilgan Maxamat Mirsidiqov boshqaruvida boʻlgan", — deya taʼkidlashdi Toshkent IIBBda.

Ichki ishlar xodimlari ushbu avtomobil oldidagi davlat raqamining ustki qismiga maxsus plyonka yopishtirilganligini aniqlashdi. Bu davlat raqamini nazorat kuzatuv kamerasi suratga olganda, raqamlar oʻrniga oq tusdagi belgilarni tasvirga olishi maʼlum boʻldi.

Ushbu holat yuzasidan Mirsidiqovga nisbatan transport vositasidan foydalanish qoidalarini buzilishi bandi yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilib, uning avtomobili jarima turargohiga joylashtirildi.

Oʻzbekistonda qalbaki davlat raqamlarini taqib olish yoki ularni boshqa usullar bilan oʻzgartirish boʻyicha harakatlarini sodir etish eng kam ish haqining 10 baravar, bu sal kam 1,5 million soʻm miqdorida jarimaga tortiladi.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 15 martdan boshlab Toshkentning 115 ta chorrahasida yoʻl transport xodisalarni maxsus foto va video kuzatuv tizimi ishga tushirilgan boʻlib, jami 883 ta kuzatuv videokameralari oʻrnatildi. Hozirgi kunda ushbu tizimda yoʻl harakati qoidalarining 2 turdagi buzilishini avtomatik qayd etish funktsiyasi mavjud. Bular — avtotransport haydovchilarining belgilangan harakatlanish tezligini oshirishi va sfetoforning taqiqlovchi belgisida oʻtish qoidabuzarliklari.

Bundan tashqari, ushbu tizimni rivojlantirish doirasida yana 280 ta chorrahalarda kameralar oʻrnatiladi. Mazkur chora-tadbirlar "Xavfsiz shahar" dasturi asosida kelgusi 2 yil davomida amalga oshiriladi.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (30)

Asosiy mavzular