04:56 18 Yanvar 2018
Efir
Peshexodы v Tashkente

Toshkentda piyodalarni ommaviy tarzda jarimaga tortish boshlandi

© Flickr / Aleksandr Zykov
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (30)
109230

20-26 noyabr kunlari huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan yoʻl qoidalarini buzgan 414 nafar piyoda jarimaga tortildi

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Yoʻl harakati xavfsizligi inspektorlari yoʻl harakati qoidalarini buzgan piyodalarni ommaviy tarzda jarimaga tortish boshlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Shu 6 kunning oʻzida, yaʼni 20-26 noyabr kunlari huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan yoʻl harakati qoidalarini buzgan 414 nafar piyoda jarimaga tortildi.

YHX xodimlari jarimalarni fuqarolarning pasportlari asosida rasmiylashtirilmoqda. Pasport boʻlmagan hollarda, inspektor huquqbuzar telefonidan foydalangan holda SMS xabar yuborish orqali fuqaro shaxsini aniqlanishi mumkin. Telefon va pasport ham boʻlmagan holatlarda esa, huquqbuzarning shaxsini aniqlash uchun IIBBga olib ketiladi. Jarimani 45 kun ichida toʻlash talab etiladi, aks holda ish sudga joʻnatiladi.

Oʻzbekistonda Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 138 moddasi piyodalar va yoʻl harakati boshqa ishtirokchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi boʻyicha javobgarlik amal qiladi. 

Piyodalarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmaganligi, ularning yoʻlning harakati qismini belgilanmagan joylardan kesib oʻtishi, piyodalar yoʻlning qatnov qismida, shu jumladan oʻtish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblar yoki davriy nashrlarni oʻqishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalaridan foydalanishi, shuningdek moped va velosiped haydovchilarining, ulovli aravani boshqarib boruvchi va yoʻldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmaslik, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki koʻrsatma beruvchi yoʻl belgilari talablariga rioya qilmaslik eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarimaga solishga sabab boʻladi.

Shu 6 kun davomida Toshkent yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari 17,6 mingdan ortiq yoʻl harakat qoidabuzilishlarini aniqlashdi. Ulardan 1,2 mingdan ortigʻi tezlikni oshirish, 549 ta svetafor taqiqlovchi signallarga amal qilmaslik, 156 ta transport vositasini mast holda boshqarish, 568 ta mobil telefondan foydalanish qoidabuzarliklari tashkil qildi.

Bundan tashqari, YHQ buzilishini qayd etish nazorat kameralari 2,4 mingdan ortiq qoidabuzarliklarini aniqladi. Ulardan 616 tasi svetoforning taqiqlovchi signalida harakatlanish, 1,7 mingdan ortiq transport vositasini belgilangan harakat tezligini oshirib yuborish huquqbuzarliklari tashkil qildi.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (30)

Asosiy mavzular