Podolskda o‘zbekistonliklar yashab ishlaydigan yashirin aroq zavodi topildi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishUnichtojenie kontrafaktnogo alkogolya
Unichtojenie kontrafaktnogo alkogolya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Politsiya yashirin aroq ishlab chiqarish korxonasidan 40 tonna spirt va 15 tonna spirtli suyuqlik hamda turli aroq etiketkalarini musodara qildi

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Podolskda politsiya yashirin aroq ishlab chiqarish korxonasidan 40 tonna spirt va 15 tonna spirtli suyuqlikni musodara qildi, deb yozadi RIA Novosti.

Spirtli ichimlik - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda yashirin aroq "zavodi" aniqlandi

"Alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi yashirin korxona faoliyatiga chek qo‘yildi", — dedi Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk.

Operativ tadbir chog‘ida soatiga besh ming shishaga yaqin qo‘lbola alkogolli ichimlik ishlab chiqariluvchi angar aniqlangan. Bu yerda 36 nafar o‘zbekistonlik yashagan va ishlagan.

Politsiya yashirin aroq ishlab chiqarish korxonasidan 40 tonna spirt va 15 tonna spirtli suyuqlik hamda turli aroq nomlari yozilgan 150 mingdan ortiq etiketkalar, 45 ming donadan ortiq shisha idishlar va qurilmalarni musodara qildi.

Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0