12:14 18 Dekabr 2017
Efir
Kolbasnoye proizvodstvo.Uchastok farshesostavleniya

Toshkentdagi kolbasa tsexida eshak goʻshti ishlatilganligi aniqlandi

© Sputnik/ Vladimir Pesnya
Hodisalar
Havola olish
211441

Xorazm viloyatidan Toshkent shahriga 69,6 kg eshak goʻshti "Sharshara" goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish tsexiga oʻtkazish uchun olib kelinganligi aniqlangan

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan "GOLD PREMIUM PRODUCT" MCHJga qarashli "Sharshara" nomli goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish tsexi ishchilari tomonidan eshak goʻshti boshqa goʻsht mahsulotlariga qoʻshilganligi aniqlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, tezkor tadbir davomida Xorazm viloyatidan Toshkent shahriga 69,6 kg eshak goʻshti "Sharshara" goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish tsexiga oʻtkazish uchun olib kelinganligi aniqlangan hamda tsexda mavjud boʻlgan 275 kg goʻsht mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

Tegishli mutaxassislarning xulosasiga koʻra, olib qoʻyilgan goʻsht mahsulotlari isteʼmolchilarning sogʻligi va hayoti xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortishga qaratilgan zarur tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular