12:12 18 Dekabr 2017
Efir
Mujchina remontiruyet obogrevatel

Toshkentda 68 dona qoʻlbola uslubda ishlangan isitish moslamalari aniqlandi

Sputnik / Igor Maslov
Hodisalar
Havola olish
28710

Toshkentda fuqarolar tomonidan qoʻlbola uslubda ishlangan isitish moslamalaridan foydalanish oqibatida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarni oldini olish yuzasidan maxsus reydlar oʻtkazilmoqda

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Toshkentda oʻtkazilgan reyd davomida 68 dona qoʻlbola elektr isitish va boshqa turdagi uskunalari aniqlandi. Toshkent IIBB matbuot xizmati xabariga asosan.

Xabarda aytilishicha, 2017 yil 5 dekabr kuni, Toshkent shahar IIBB Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan fuqarolar tomonidan qoʻlbola uslubda ishlangan nostandart isitish moslamalaridan foydalanish oqibatida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarni oldini olish yuzasidan Sergeli, Mirobod, Yakkasaroy, Uchtepa tumanlarida maxsus tadbirlar amalga oshirildi.

"Tadbir davomida xodimlar tomonidan 49 ta korxona va tashkilotlar hamda boshqa maskanlar yongʻin-texnik tekshiruvdan oʻtkazilib, 1242 ta aholi turar shaxsiy xonadonlari, 66 ta koʻp qavatli uylar va ulardagi 1397 ta xonadonlarni profilaktik koʻrikdan oʻtkazildi", — deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, ichki ishlar xodimlari korxona va tashkilotlarning ishchi-xizmatchilari va fuqarolar bilan yongʻin xavfsizligi mavzusida uchrashuv, suxbatlar va yoʻriqnomalar oʻtkazildi.

Asosiy mavzular