04:47 18 Yanvar 2018
Efir
Kashirskiy tamojennыy post v podmoskovnom Domodedovo

Rossiyaga 177 dona sport kiyim olib kirishga uringan fuqaro toʻxtatib qolindi

© Sputnik/ Mixail Voskresenskiy, STF
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (30)
41110

Ushbu holat yuzasidan "Deklaratsiyalamaslik yoki notoʻgʻri deklaratsiyalash" bandi boʻyicha maʼmuriy ish qoʻzgʻatildi

TOSHKENT, 11 dek — Sputnik. Jukovskiy xalqaro aeroportida Istanbul-Moskva reysida uchib kelgan va shaxsiy bagajida 177 dona sport kiyimlarini olib kirishga uringan 27 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi toʻxtatildi, deb xabar qildi Domodedovo bojxona xizmati matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, ushbu fuqaro bojxona yashil yoʻlagidan oʻtib, uning yonida bojxona deklaratsiyasi toʻldirilishi lozim boʻlgan tovarlar yoʻqligini maʼlum qildi.

Bojxona koʻrigi natijasida uning bagajida 177 dona turli ranglarda boʻlgan sport kiyim toʻplamlari aniqlandi. Ogʻzaki soʻrov paytida, yoʻlovchi ushbu kiyimlarni oʻzining doʻstlari va qarindoshlariga olib kelayotganligini maʼlum qildi.

Aniqlangan tovarlar turi va miqdoridan kelib chiqqan holda bojxonachilar tomonidan "oʻz ehtiyoji uchun emas" degan xulosaga kelishdi.

Tijorat maqsadlarda olib kelinayotgan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy tartibi qoʻllaniladi. Xususan, yoʻlovchi ushbu tovarlarga belgilangan tartibda bojxona deklaratsiyasini toʻldirishi va bojxona toʻlovlarini toʻlashi talab qilinadi.

Huquqbuzarga nisbatan "Deklaratsiyalamaslik yoki notoʻgʻri deklaratsiyalash" bandi boʻyicha maʼmuriy ish qoʻzgʻatildi. Ushbu ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar tovarlar olib qoʻyildi.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (30)

Asosiy mavzular