04:47 18 Yanvar 2018
Efir
Dollarы SSHA izʼyatыe pravooxranitelnыmi organami

Qirgʻizistonga 500 ming $dan ortiq pulni olib chiqishga uringan fuqarolar ushlandi

Sputnik / NewsTeam
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (30)
67230

Ushbu holat yuzasidan MXX Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan JKning 182 moddasi - bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish bandi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

TOSHKENT, 12 dek — Sputnik. MXX Namangan viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda katta miqdorda xorijiy valyutaning respublika hududidan noqonuniy olib chiqilishiga chek qoʻyishdi. "Oʻzbekiston-24" telekanali xabariga asosan.

Xabarda aytilishicha, Uchqurgʻon tumanidagi Qirgʻizqurgʻon chegara oldi aholi punkti yaqinidagi mazkur tumanning Qalacha mahallasida yashovchi 53 yoshli fuqaro Hamroxoʻja Umirzoqov boshqarib kelayotgan "Damas" rusumli avtomashinasi toʻxtatilgan.

Avtomashinaning ichida tumanning Sohil mahallasida istiqomat qiluvchi 20 yoshli fuqaro Islom Qambarov ham boʻlgan.

Avtomobil belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganda Islom Qambarovga tegishli boʻlgan polietilen qopda noqonuniy yoʻl bilan respublikadan tashqarisiga olib chiqishga moʻljallangan, yaxshilab skoch bilan oʻralgan — 469 ming AQSH dollar va 4,1 million Rossiya rubli topilgan.

Bu mablagʻlar milliy valyutada hisoblanganda 4 milliard 372 million soʻmni tashkil qiladi.

Ushbu holat yuzasidan MXX Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan JKning 182 moddasi — bojxona toʻgʻrisidagi  qonun hujjatlarini buzish bandi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ushbu moddada eng koʻpi 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazo chorasi qoʻllanishi belgilangan.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (30)

Asosiy mavzular