04:50 18 Yanvar 2018
Efir
Sotrudnik sledstvennogo izolyatora

Oʻzbekistonda davlat korxonasi yer uchastkasi bilan bogʻlik firibgarlik fosh etildi

© Sputnik/ Vladimir Pesnya
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (30)
661 0 0

"Suvoqava" davlat unitar korxona mahalliy filiali muhandisi Xusan Joʻrayev suv chiqarish inshooti joylashgan 12 sotixli korxona hududini 10 ming dollarga sotishga harakat qilgan

TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. MXX tezkor xodimlari davlat korxonasiga tegishli boʻlgan yer uchastkasi bilan bogʻliq firibgarlikni fosh etishdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

"Suvoqava" davlat shuʼba korxona mahalliy filiali muhandisi Xusan Joʻrayev suv chiqarish inshooti joylashgan 12 sotixli korxona hududini 10 ming dollarga sotishga harakat qilgan. Bu haqda Qoʻqon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro arizasida maʼlum boʻldi.

"Joʻrayev yer uchastkasini arizachining jiyani nomiga rasmiylashtirib berishiga vaʼda bergan. Bu xizmat evaziga 10 ming dollar soʻragan. Muhandis pulni olayotgan paytda qoʻlga olingan", — deb taʼkidladi MXX vakili.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Xusan Joʻrayevga nisbatan Jinoyat Kodeksining firibgarlik bandi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (30)

Asosiy mavzular