MIB Yangiqo‘rg‘onda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan shaxslarni fosh etdi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedach.
Linii elektroperedach. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangiqo‘rg‘onda MIB tashkil etilganidan buyon elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 113 ta holat aniqlanib, aybdorlar davlatga 116,5 million so‘m miqdorida zarar yetkazganliklari fosh qilingan

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro burosining Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘limi xodimlari Qizilqiyoq mahallasida yashovchi Tohir Xudoyberdiyevga xalqimizning "Ko‘za kunda emas, kunida sinadi", degan maqoli naqadar to‘g‘ri ekanligini isbotlab qo‘yishdi, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" nashri.

Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘ng‘irotda MIB xodimini urgan fuqaro qamoqqa olindi
Xabarda aytilishicha, fuqaro amaldagi tartib-qoidalarni pisand qilmagan holda xonadonidagi elektr iste’moli jihozlaridan tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangan holda foydalanib kelayotgan bo‘lgan. Bu bilan uning davlat manfaatlariga 7 million 772 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgani hisoblab chiqildi.

Tabiiyki, keltirilgan zarar to‘liq undirib olindi.

O‘zboshimcha iste’molchining bu nayrangi shuning o‘zi bilangina baholanib qolgani yo‘q. U qonunbuzarligi uchun eng kam oylik ish haqining besh barobariga teng jarima ham to‘laydigan bo‘ldi.

MIBning tuman bo‘limi boshlig‘i Asqarjon Mamatxonov bu singari qonunbuzarlik holatlarining har bir ko‘rinishiga nisbatan qat’iy chora ko‘rilayotganini ta’kidladi. "Xususan, faoliyat boshlaganimizdan buyon o‘tgan vaqt ichida xodimlarimiz tomonidan birgina elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 113 ta holat aniqlanib, aybdorlar davlatga 116,5 million so‘m miqdorida zarar yetkazganliklari fosh qilindi va uning asosiy qismi undirib olindi", — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0