04:55 18 Yanvar 2018
Efir
Uzbekskiy pogranichnik na postu

Oʻzbek chegarachilari 1,5 milliard soʻmlik kontrabanda tovarlarini qoʻlga olishdi

© IA "Jaxon"
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (30)
58940

Davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi vakilining soʻzlariga koʻra, noyabr oyida chegarani buzgan 134 nafar shaxs va 1,5 milliard soʻmlik kontrabanda tovarlari qoʻlga olindi

TOSHKENT, 18 dek — Sputnik. MXX chegarani qoʻriqlash qoʻshinlari noyabr oyida davlat chegarasini buzgan 134 nafar shaxs va 1,5 milliard soʻmlik kontrabanda tovarlarini qoʻlga olishdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi vakilining soʻzlariga koʻra, noyabr oyida davlat chegarasini buzgan 134 nafar shaxs qoʻlga olindi. Jumladan, Qirgʻiziston bilan chegarada — 76 ta, Qozogʻiston chegarasida — 48 ta, Tojikiston chegarasida — 9 ta hamda Afgʻoniston chegarasida — 1 ta. Turkmaniston bilan chegarada huquqbuzarliklar qayd etilmagan.

"Chegara orqali 1,5 milliard soʻmlik tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy olib oʻtish holatlari aniqlandi. Ular ichida maishiy texnika, parfyumeriya va boshqa tovarlar bor. Ushlangan tovarlarning asosiy qismi Qirgʻiziston va Qozogʻiston chegaralariga toʻgʻri keladi", — deb taʼkidladi.

Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, 2 noyabr kuni Qirgʻiziston bilan chegarada Fargʻona viloyatining Gorgaz qishlogʻida 39 million soʻmlik elektr lampalar olib kirilishiga chek qoʻyildi. 17 noyabr kuni Quvasoy hududida kontrabanda tovar-moddiy boyliklarning boshqa qismi aniqlandi. Shuningdek, Qoziqoʻrgʻon mahallasida 76 million soʻmlik tovarlar aniqlandi.

"Kontrabandistlar hattoki himoya ostiga olingan noyob hayvonlarni qonunga xilof ravishda chegaradan olib oʻtishga urinishmoqda. Jumladan, 28 noyabr kuni Qozogʻiston bilan chegara qismida Sirdaryo viloyatining Yangihayot aholi punktida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida respublikaga 9 ta noyob lochinlarni olib kirishga uringan shaxs qoʻlga olindi. Ekspertlar ushbu yitrqich qushlarni 303 million soʻm miqdoriga baholashdi", — deb qoʻshimcha qildi qoʻmita vakili.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (30)

Asosiy mavzular