04:49 18 Yanvar 2018
Efir
Mujchina v naruchnikax

Chegarachilar yirik miqdorda koʻknori olib kirilishining oldini olishdi

Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (30)
40710

Ayni paytda Jizzax viloyati MXX tomonidan qoʻlga olingan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Oʻzbekiston chegarachilari Tojikistondan yirik miqdorda koʻknor giyohvand moddasini olib kirishga urinishni fosh etishdi. Bu haqda Sputnik muxbiriga MXX davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi vakili maʼlum qildi.

Jizzax viloyati Baxmal tumani togʻli hududida 5,8 kilo koʻknori giyohvand moddasini olib kirishga harakat qilishgan.

"Giyohvand moddalarni Soʻgʻd viloyati Panjikent tumanida istiqomat qiluvchi Tojikiston fuqarolari 1976 yilda tugʻilgan Akmaljon Gulmurodov va 1990 yilda tugʻilgan Olovuddin Ibodullayev tomonidan olib kirilgan", — deb taʼkidlandi MXX DCHHQQ vakili.

Uning soʻzlariga koʻra, narkosavdogarlar giyohvand moddalarni sotish maqsadida respublikaga olib kirishgan.

Ayni paytda Jizzax viloyati MXX tomonidan qoʻlga olingan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (30)

Asosiy mavzular