04:57 19 Yanvar 2018
Efir
Myasopererabatыvayuщeye predpriyatiye

Bozor va kolbasa tsexlariga 10 yildan beri yaroqsiz goʻsht sotgan jinoiy guruh qoʻlga olindi

© Sputnik/ Yevgeniya Novojenina
Hodisalar
Havola olish
170310

Uyushgan jinoiy guruh aʼzolari oʻlishi aniq boʻlgan kasal va harom oʻlgan mollar toʻgʻrisida maʼlumot toʻplashgan. Soʻngra yaroqsiz goʻshtning kilosi 10-15 ming soʻmdan sotib olingan

TOSHKENT, 27 dek – Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament va Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari 10 yildan buyon Qashqadaryo viloyatidan Toshkent shahriga sifatsiz goʻsht mahsulotlari yetkazib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻydi. Bu haqda "Oʻzbekiston 24" telekanali lavhasiga asoslanib nuz.uz xabar qildi.

Jinoiy guruhga Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, oxirgi yillarda Yangiyoʻl tumanida yashab kelgan 40 yoshli Bahrom Haydarov rahbarlik qilgan. Uyushgan jinoiy guruh aʼzolari mahalliy veterinar, qassob hamda dallollar orqali oʻlishi aniq boʻlgan kasal va harom oʻlgan mollar toʻgʻrisida maʼlumot toʻplashgan. Ana shunday har bir maʼlumot uchun 15 ming soʻmdan 50 ming soʻmgacha pul toʻlangan. Soʻngra yaroqsiz goʻshtning kilosi 10-15 ming soʻmdan sotib olingan. Sifatsiz goʻsht mahsulotiga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani veterinariya boʻlimi xodimlari soxta maʼlumotnoma tayyorlab berishgan.

Goʻshtlar Toshkent va Zangiota tumanlaridagi yashirin tsexlarga keltirilgan. Bu tsexlarda isteʼmolga yaroqsiz goʻshtlar kimyoviy ishlov berilib, chiroyli koʻrinishga keltirilgan. Soʻngra kilosi 25-30 ming soʻmdan sotilgan. Guruh aʼzolari Toshkent shahriga har oyda 25–30 tonna sifatsiz goʻsht mahsulotlari keltirishgan.

Aniqlanishicha, bu goʻshtlar Toshkent shahrining bir nechta tumanlarida faoliyat yuritadigan ayrim savdo markazlarida, jumladan, "Eski Joʻva" dehqon bozori, "Asl sifatli taʼm" MCHJ, YATT "Moʻminov Xusan Xursanjonovich"ga qarashli somsaxona, yakka tartibdagi tadbirkorlar "Fayziyev F.Z.", "Qosimov" va boshqalarga tegishli qassobxonalarda sotuvga chiqarilgan.

Guruh rahbari Haydarov orttirgan noqonuniy daromadi evaziga oʻzi hamda yaqin qarindoshlarining nomiga bir nechta avtomobil va koʻchmas mulklarni rasmiylashtirgan.

Ayni paytda uyushgan jinoiy guruhga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan, tergov jarayoni davom etmoqda.

Asosiy mavzular