06:43 19 Yanvar 2018
Efir
Prednovogodniy Vladivostok

Vladivostokda Oʻzbekiston fuqarolarining jasadlari topildi

© Sputnik/ Vitaliy Ankov
Hodisalar
Havola olish
178201

Shu vaqtga qadar olingan maʼlumotlarga koʻra, ikki erkak kichik pechkadan chiqqan gaz hididan zaharlanib oʻlgan

TOSHKENT, 6 yanv — Sputnik. Vladivostokdagi Lazurnaya koʻrfazida joylashgan kafelarning birida oʻzbekistonlik ikki nafar migrant jasadlari aniqlangan. Bu haqda Deita.ru portali xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, erkaklarning tanalari podsobkadan topilgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, politsiya ayni vaqtda halok boʻlgan erkaklarning shaxsini aniqlagan. Ular 40 va 54 yoshdagi Oʻzbekiston fuqarolari ekanligi aytilmoqda.

Shu vaqtga qadar olingan maʼlumotlarga koʻra, ikki erkakning bevaqt oʻlimiga kichik pechkadan chiqqan gaz hidi sabab boʻlgan.

Ayni vaqtda fojia yuzasidan tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda. Hodisa qay holatda yuz bergani huquq-tartibot organlari xodimlari tomonian aniqlanmoqda.

Asosiy mavzular