Sergeli tumanida lift ichida qolib ketganlar qutqarib olindi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishRabota lifta v odnom iz moskovskix domov
Rabota lifta v odnom iz moskovskix domov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sergeli-5 dahasidagi ko‘p qavatli uyning lifti to‘xtab qolgan, lift ichida besh nafar kishi qolib ketgan

TOShKENT, 7 yanv – Sputnik. Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari Sergeli tumanidagi ko‘p qavatli uyning lifti ichida qolib ketgan fuqarolarni qutqarib olishdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi yil bayrami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston FVV Yangi yil bayrami oldidan profilaktik tadbirlar o‘tkazmoqda

Xabarda aytilishicha, 5-yanvar kuni soat 05:06 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi dispetcheriga texnik nosozliklar tufayli Sergeli-5 dahasidagi ko‘p qavatli uyning lifti to‘xtab qolganligi, lift ichida esa besh nafar kishi qolib ketganligi ma’lum qilingan.

“Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, 3- va 4-qavatlar orasida to‘xtab qolgan lift ichidan fuqarolarni chiqarib oldilar. Qutqaruvchilarning o‘z vaqtida ko‘rsatgan yordamlari natijasida hech kim jabrlanmadi”, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0