Ohangarondagi harbiy qism avtomobilini olib qochgan shaxs ushlandi

© uznews.uzV Uzbekistane ugnali avtomobil voinskoy chasti
V Uzbekistane ugnali avtomobil voinskoy chasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida olib qochilgan avtomobil Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi daryo sohilidan topilgan

TOShKENT, 11 yanv – Sputnik. 9-yanvar kuni Olmaliq shahar IIBga Amir Temur ko‘chasida qoldirilgan UAZ “Xanter” harbiy avtomobili olib qochilgani haqida xabar kelib tushgan, deb yozadi UzNews.uz Toshkent viloyat IIBdagi manbasiga tayanib.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida olib qochilgan avtomobil Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi daryo sohilidan topilgan. Tezkor xodimlarning so‘zlariga ko‘ra, mashina ag‘darilgan holda bo‘lgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari o‘sha kunning o‘zidayoq huquqbuzarni qo‘lga olishdi. U Olmaliqda yashovchi 23 yoshli yigit bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0