06:37 19 Yanvar 2018
Efir
Knijnыy magazin v Uzbekistane

Ijtimoiy tarmoqlarda oʻlim bilan yakunlanadigan fleshmob tobora ommalashmoqda

Shark Ziyokori
Hodisalar
Havola olish
114211

Hayot uchun xavfli boʻlgan oʻyinlar haqida endi unutay deganimizda, yoshlarni hayoti uchun jiddiy tahdid soluvchi boshqa "oʻyin" paydo boʻldi

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Internetda oxiri oʻlim bilan yakunlanishi mumkin boʻlgan fleshmob yashin tezligida ommalashmoqda — oʻsmirlar kir yuvish uchun moʻljallangan gellarni chaynab, "tanovvul" jarayonini Internet tarmogʻiga qoʻyishmoqda va "estafeta"ni oʻz doʻstlariga va tanishlariga uzatishmoqda. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.

Tibbiyot xodimlari kir yuvish kapsulalari tanovvul uchun yaroqsiz va oʻta zaharli ekanligi toʻgʻrisida ogohlantirishmoqda — ular tarkibida etanol, polimerlar va vodorod peroksidi bor. Ularni yutish — ich ketish va koʻngil aynishini keltirib chiqarishi mumkin, baʼzi holatlarda esa hatto oʻlimga olib kelishi aytilmoqda.

Fleshmob ishtirokchilaridan biri telekanalga bergan intervyusida kapsulalarning xavfi haqida oldindan bilganini aytgan. Ammo, "estafeta"ni qabul qilgani uchun, tabletkani yeyishga qaror qilgan.

"Odamlarning aksariyati men uchiga chiqqan ahmoq ekanimni aytishar, yoki nega men bu ish bilan shugʻullanayotganimni soʻrashar edi", — deb hikoya qilgan yigit.

Fox News xabariga koʻra, fleshmob, hajviy nashrlardan birida eʼlon qilingan hazil video tufayli ommalashga boʻlishi mumkin. Videoda koʻrinishi ishtahali boʻlgani uchun gel-tabletkalarni ishtaha bilan "yuayotgan" erkak tasvirlangan.

Asosiy mavzular