06:43 19 Yanvar 2018
Efir
Gullar

Ogʻir judolik: Oʻzbekiston taniqli adibidan judo boʻldi

© Sputnik/ Vitaliy Belousov
Hodisalar
Havola olish
315911

Bugun taniqli adib, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, oʻzbek adabiyotining zahmatkashlaridan biri Nosir Fozilov kasalxonada 90 yoshida vafot etdi

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Bugun taniqli adib, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, adabiyotimiz zahmatkashlaridan biri Nosir Fozilov kasalxonada 90 yoshida vafot etdi, deb yozgan oʻzining Feysbukdagi sahifasida Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron.

"Inna lillahi va inna ilahi rojiun. Olloh rahmatiga olsin! Marhumning oila aʼzolari, yoru doʻstlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, sabr tilaymiz", — deyiladi postda.

Oʻzbek adabiyotining qutlugʻ dargohiga oʻtgan asrda — 50-yillarning ikkinchi yarmida kirib kelgan Nosir Fozilov 1929 yili Qozogʻistonning Chimkent viloyatiga qarashli Turkiston tumanidagi Qoriz qishlogʻida tavallud topdi. Ota-onasi dehqonchilik bilan shugʻullangan, buvasi Tursunmuhammad Aʼlam "Gʻurbatiy" taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Kamiy, Xislat, Sidqiy-Xondayliqiylar bilan hamnafas, hamfikr boʻlib ijod qilgan. Toshkentda uning uchta sheʼriy kitobi chop etilgan.

Nosir Fozilovning bolaligi urush davriga toʻgʻri kelganligi uchun ham oʻqib, ham ishlashiga toʻgʻri keldi. Shu tufayli u oʻz tengdoshlaridan ancha kech, yaʼni, 1949 yilda oʻrta maktabni tugatgan. Soʻng Toshkentga kelib, Oʻrta Osiyo Davlat universitetiga oʻqishga kiradi. Uni 1954 yilda tugatadi.

Shundan soʻng "Gulxan", "Sharq yulduzi" kabi jurnallarda, nashriyotlarda turli lavozimlarda ishlaydi.

Asosiy mavzular