Nega 52 kishi avtobusdan chiqolmay qolishgan - Qozog‘iston rasmiylari izohi

© Press-slujba MChS UzbekistanaSgorevshiy avtobus v Kazaxstane
Sgorevshiy avtobus v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtobus ikki qavatli bo‘lgan, odamlar ikkinchi qavatda bo‘lishgan, yuklar esa - birinchi qavatda. Yuklar to‘liq yonib ketgan. Ya’ni juda katta yong‘in bo‘lgan", - deb xabar qilgan vazir o‘rinbosari

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Qozog‘iston IIV rahbari o‘rinbosari Yerlan Turgumbayev Aqto‘be shahrida o‘tkazilgan brifingda nega 52 kishi yonayotgan avtobus ichida qolib ketishganiga izoh berdi.

O‘zbekistonning 52 fuqarosi halok bo‘lgan avtohalokatning aniq sabablari bugun oydinlashishi kutilmoqda.

Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Aqtobedagi fojea: avtobusda chatnash yuz berdimi, yoki unga o‘t qo‘yilganmi?
Bu haqda kuni kecha, 18-yanvar kuni o‘tkazilgan brifing davomida Qozog‘iston IIV vaziri o‘rinbosari Yerlan Turgumbayev xabar qilgan.

Bugunga qadar qurbonlarning birlamchi ro‘yxati ham e’lon qilindi.

Lekin 52 yo‘lovchining yonayotgan avtobusdan qanday qilib chiqolmay qolgani haqidagi savol qattiq bahs-munozaralarga, turli talqinlar bildirilishiga sabab bo‘lmoqda.

Shunday bo‘lsada, Turgumbayev yuz bergan mudhish voqeani — baxtsiz hodisa, deb baholamoqda.

"Bu shunchaki baxtsiz hodisa. Besh nafar tirik qolgan yo‘lovchilarning dastlabki ko‘rsatmalari ham aynan shunday. Ularning hammasi yong‘in mashina salonida boshlanganini aytishmoqda. Avvaliga o‘ta kuchli tutun tarqalgan, buning oqibatida ko‘pchilik zaharlangan bo‘lishi mumkin, demakki nega odamlar qochib chiqolmaganini aynan shu bilan izohlash mumkin. Ikkinchidan — eshik ochilganida, kislorod kirgan va avtobus ichidan alangan olgan. Bu esa yo‘lovchilarga avtobus ichidan chiqishlariga yo‘l bermagan.

Bundan tashqari, avtobus ichida bagaj soni ko‘p bo‘lgan. Avtobus ikki qavatli bo‘lgan, odamlar ikkinchi qavatda bo‘lishgan, yuklar esa — birinchi qavatda. Yuklar to‘liq yonib ketgan. Ya’ni juda katta yong‘in bo‘lgan", — deb xabar qilgan vazir o‘rinbosari.

Yangiliklar lentasi
0