Toshkentdagi saunalarning birida fohishalik qilganlar qo‘lga olindi

© Foto : pixabay.comJenskie nogi
Jenskie nogi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Zolotaya ribka" saunasida fohishalik bilan shug‘ullanib kelgan ayollar qo‘lga olindi

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. 2018 yilning 20-yanvar kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Yunusobod tumani hududida joylashgan "Zolotaya ribka" nomli saunada tekshiruv o‘tkazildi.

Oyoqlar - Sputnik O‘zbekiston
"ORIYaT" operatsiyasi: Toshkent IIB fohishalarga qarshi urush e’lon qildi
"Mazkur tekshiruv davomida fuqarolar 1998-yilda tug‘ilgan Tashkenbayeva Kamolaxon Botir qizi, 1990-yilda tug‘ilgan Razzoqova Umida Maxmudovna va 1992-yilda tug‘ilgan Valiyeva Kumushlar saunada fohishalik bilan shug‘ullanib, mijozlar bilan jinsiy aloqa qilib kelganliklari aniqlangan", — deyiladi IIBB xabarida.

Mazkur holat yuzasidan ushbu muassasa rahbari, 1983-yilda tug‘ilgan Abduraxmanova Lutfinisa Abduraxmon qiziga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasi 3-qismi(Fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qo‘yish yoki pasportlarni garovga olish Fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qo‘yish yoki pasportlarni garovga olish — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi)ga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek Tashkenbayeva, Razzoqova hamda Valiyevalarga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining  190(fohishalik bilan shug‘ullanish) va 223-modda(Pasport tizimi qoidalari buzish)siga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0